“OLTIN ZAXIRA” TANLOVI e’lon qilinadi:
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 21-iyundagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-290-sonli Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi” Qarorining “Universitetning iqtidorli talabalarini maqsadli tayyorlov dasturi boʻyicha oʻqitish” nomli 7-bandi asosida   “OLTIN ZAXIRA” tanlovi 1-bosqichi 15-dekabrda o'tkazilishi e’lon qilinadi.

🌐 Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi “Korrupsiyasiz – kelajak” mavzusida rasmlar tanlovini e'lon qiladi.
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

✅ Tanlov quyidagi tartibda o‘tkaziladi. ✅ Tanlov 1-bosqichda 2024-yilning 15-noyabr kuni o‘tkaziladi. ✅ Tanlov g‘oliblariga mukofotlar universitetning anjumanlar zalida “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishda tantanali ravishda topshirish tashkil etiladi. 🥇 Rasmlar tanlovi g'oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rasmiy matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi 2-bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar uchun tanlov e'lon qiladi.
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

✅ Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi oliy ta’lim muassasasi 3-bosqich bitiruvchi iqtidorli talabalarini “Data Science” yo‘nalishi bo‘yicha masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yish hamda 2-bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga 2025-2026-o‘quv yili uchun onlayn hujjat topshirish. ✅ 2025 - yil 1-apreldan boshlab 2-bosqichni muvaffaqiyatli tugatаyotgan talabalarni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kursiga 2025-2026-o‘quv yili uchun https//dscience.uz/#price saytidagi https//dscience.uz/register/2025/byudjet platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin. Tanlov shartlari quyidagicha: ✅ 2-bosqichni muvaffaqiyatli tugatаyotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. ☎️ Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi raqamiga +99897-575-77-43 murojaat qiling.

HURMATLI ABITURIYENTLAR!
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

O'zbekiston milliy pedagogika universitetida 2025/2026-o'quv yili uchun 8-iyul kuni o'tkazilgan Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi. 💻 Imtihon natijalarini universitet rasmiy sati yoki quyidagi havola orqali qilib olishingiz mumkin.⬇️⬇️ https://old.uznpu.uz/abiturient/showpage/8525

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18-19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

O’zbekiston milliy pedagogika universiteti “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini e'lon qiladi.
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

✅ Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling @farrux_yuldoshev ✅ “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanloviga universitet talabalari, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar o'z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar quyidagi fuyuldoshev@gmail.com -elektron pochtasi yoki @farrux_yuldoshev telegram manzillari orqali qabul qilinadi. ✅ Maqolalarni qabul qilish 2025-yil 23-noyabrgacha davom etadi. 💙Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi raqamga murojaat qiling +99897-575-77-43

2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari tasdiqlandi
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug'iga asosan 2025-yilda 252 ta tashkilot tomonidan 665 ta xalqaro va 600 ta respublika miqyosida, jami 1265 ta ilmiy va ilmiy-texnik tadbir o’tkazilishi rejlashtirilgan.

Talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlanganligini ma'lum qilamiz.
Manzil: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy

Tanlov shartlari bilan tanishish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling ( https://lex.uz/docs/-1399382). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlar oxirgi ikki kurs(3-4 kurs) talabalari orasidan saralab olinadi. Qo'shimcha ma'lumot uchun Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin: +99897-575-77-43

2025-yil kuz semestri uchun dars jadvali yangilandi
Nizomiy universiteti, Universitet ko‘chasi 1, Toshkent, O‘zbekiston

Hurmatli talabalar! 2025-yil kuzgi semestr uchun dars jadvali yangilandi.