Ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt: nazariy asoslar va innovatsion yondashuvlar Ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha xorijiy va milliy tajribalar tahlili O‘qituvchilarni raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanishga tayyorlash masalalari Sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarning o‘quv jarayoniga integratsiyasi translate into russian and english
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-sonli buyrug‘iga asosan 2025-yil 3-4-dekabr kunlari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida «Maxsus pedagogika: innovatsion yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar” mavzusida maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarb muammolari, erishilgan yutuqlar va qo‘yilgan vazifalarni bajarish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib
Til ta’limi nazariyasi va amaliyotidagi muammolar va innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 21-asr til ta’limini shakllantirayotgan hozirgi tendensiyalar, nazariy yondashuvlar va amaliy innovatsiyalarni muhokama qilish uchun olimlar, o‘qituvchilar hamda ta’lim sohasidagi siyosatchilarni birlashtirishni maqsad qiladi. Tez sur’atlarda rivojlanayotgan texnologiyalar, globallashuv va o‘zgarib borayotgan pedagogik yondashuvlar davrida til ta’limi lingvistik yaxlitlikni saqlagan holda raqamli transformatsiyani qabul qilish zarurati bilan yuzma-yuz turibdi. Mazkur konferensiya ushbu ehtiyojlarga javob beruvchi ilmiy va amaliy g‘oyalar, tajribalar almashinuvi uchun tarmoqlararo platforma yaratadi.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti harbiy ta’lim fakulteti ma’muriyati shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari”ga muvofiq 2025-yil 10-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti harbiy ta’lim fakultetida “O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta, professional ta’lim tizimlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy - amaliy anjumani o‘tkaziladi.