Universitetning missiyasi — pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini zamonaviy standartlar asosida rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish va yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishdir. Biz pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirib, o‘quv dasturlarini doimiy takomillashtiramiz va yangi avlod yetakchi mutaxassislarini shakllantiramiz.