Universitet strategiyasi

Maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, pedagog kadrlar tayyorlovchi professional va oliy ta'lim muassasalari, sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy va malaka oshirish tashkilotlari o'rtasida o'zaro aloqalarni ta'minlash va mustahkamlash; mamlakatda pedagogik ta'limni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilash, uning uzoq va o'rta muddatli strategik dasturini tasdiqlash hamda amalga oshirilishini nazorat qilib borish; pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari o'quv rejalari va ta'lim dasturlarining o'zaro uzviyligini, shuningdek, maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional hamda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta'lim muassasalarining dasturlari bilan uzluksizligini ta'minlash; ta'lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ijobiy tajribasini, shuningdek, o'qitish va ta'lim oluvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ommalashtirish; pedagogika sohasida ilm-fan va ta'limni rivojlantirishga oid dolzarb muammolarni aniqlash, ularni keng jamoatchilik ishtirokida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish va ilg'or xorijiy tajribalar asosida ularning yechimi bo'yicha tavsiyalar tayyorlash; pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta'lim dasturlari va darsliklarni takomillashtirish.